“Roma”ga qarshi o'yinlarda 3+3 natija ko'rsatgan forvard Mourinyu nazariga tushdi

Eldor Akmurzayev
9 noya 2021, 08:10
Konferenciyalar Ligasi doirasida “Roma” guruh bosqichidagi ikkala o'yinda ham ko'pchilik uchun notanish bo'lgan “Budyo-Glimt”ni enga olmadi.

Norvegiyadagi bahsda 1:6 hisobida mag'lubiyat qabul qilingan bo'lsa, Rimdagi uchrashuvda 2:2 natijasi qayd etilgandi. Mazkur bahslarda hujumchi Erik Botxeym 3 ta gol urdi va yana shuncha golga ham mualliflik qildi.

TV2 kanali manbasiga ko'ra, “bo'rilar” ustozi Joze Mourinyu 21 yoshli forvardga qiziqib qolgan. U joriy mavsum Norvegiya chempionatida 26 uchrashuvda qatnashib, 13+2 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TV2