“Roma” Xames bilan birga Italiya TJ forvardini o'z safiga qo'shib olishga yaqin

Eldor Akmurzayev
12 iyul 2022, 07:45
“Torino”ni erkin agent sifatida tark etgan Andrea Belotti faoliyatini “Roma”da davom ettiradi.

Italiyalik hujumchi Joze Mourinyu bilan gaplashgan va rimliklardan rasmiy taklif kutmoqda. Faqat transfer amalga oshishi uchun “Roma” jamoa forvardlaridan birini sotishiga to'g'ri keladi.

“Al Rayyan” sharafini himoya qilgan Xames Rodriges Yevropaga qaytishni o'ylamoqda. “Roma” 30 yoshli kolumbiyalik bilan shartnoma imzolashga asosiy davogar bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RomaPress