"Roma" sobiq futbolchisi: "Endi "Yuventus" va "Sassuolo" o'rtasidagi uchrashuvlarni ko'rmasak ham bo'laveradi"

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2017, 12:12
"Jenoa" va "Roma" sobiq hujumchisi Roberto Prucconing fikricha, Italiya chempionati tomosha qilishga arzimaydigan va natijasi aniq bo'lgan uchrashuvlar bor.

Prucco namuna sifatida "Yuventus" hamda "Sassuolo" o'rtasidagi bahsni (2:0) ko'rsatdi.

"Turinliklarning muvaffaqiyati? Byankonerilarning g'alabasi shunchalik oydin ediki, endi "Yuventus" va "Sassuolo" o'rtasidagi bahslarni tomosha qilmasak ham bo'laveradi" - deydi Prucco.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia