

Aniqrog'i, 40 yoshli futbolchiga “Roma” direktorligi lavozimi taklif qilinyapti. Amaldagi shartnoma shu yilning so'nggida yakunlanadi.
“Hozircha Tottining futboldagi kelgusi faoliyati haqida suhbatlashmadik. Lekin biz unga klub direktori lavzomi uchun 6 yillik shartnoma taklif qildik”, - deydi Pallotta La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Italiya A seriyasining joriy mavsumida Totti 11ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.



