“Roma” Mxitaryanga ikki yillik shartnoma taklif qildi

Оқил Абдубарноев
8 may 2022, 23:23
Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan “Roma” bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Corriere dello Sport xabariga ko'ra, Rim klubi 33 yoshli futbolchiga maoshi qisqartirilgan holda ikki yillik shartnoma taklif qilgan.

Takidlanishicha, armanistonlik futbolchi va uning oilasiga Italiya poytaxti yoqadi va tomonlar o'rtasidagi hamkorlikni davom ettirish ehtimoli ancha yuqori baholanmoqda.

Mxitaryan joriy mavsum A Seriyada 31 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Corriere dello Sport