"Roma" Mourinyuni bosh murabbiylikdan iste'foga chiqarishni rejalashtirmayapti

Alisher
7 dek 2021, 14:11
"Roma" tez orada Joze Mourinyuni bosh murabbiylikdan iste'foga chiqarishni rejalashtirmayapti.

Rim klubi rahbariyati 58 yoshli mutaxassisni to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga "Roma" qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mourinyuning Rim klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

"Roma" Italiya chempionatida 16 turdan so'ng 25 ochko jamg'argan holda, jadvalda 8-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano