“Roma“ hujumchisiga Turkiya grandlari qiziqish bildirmoqda

Khoja
15 may 2025, 09:53
Joriy mavsumni ijara asosida “Milan“da o'tkazayotgan Temmi Abraxamga Turkiya grandlari qiziqish bildirmoqda.

Transfer huquqi “Roma“ga tegishli bo'lgan hujumchiga “Fenerbaxche“ va “Beshiktosh“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. O'z o'rnida rimliklar 27 yoshli hujumchini yaxshi summaga sotib yuborishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Temmi Abraxam joriy mavsum “Milan“ safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 gol va 7 ta golli uzatma bor. Futbolchining “Roma“ bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Transfermarkt nashri ingliz futbolchisini 15 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: romapress.net