"Roma" bosslari Mourinyuni qo'llab-quvvatlamoqda. Klub uning transfer borasidagi istaklarini qondirishni rejalashtirmoqda

Alisher
11 yanv 2022, 16:28
"Roma" rahbariyati murabbiy Joze Mourinyuni qo'llab-quvvatlaydi.

Rimliklar bosslari kecha 58 yoshli mutaxassis bilan uchrashishdi.

Rahbariyatda Mourinyuga savollar yo'q. Klub murabbiyning istaklarini yaxshiroq qondirishni rejalashtirmoqda va uning ishini uzoqroq muddatdan so'ng baholash mumkin deb hisoblaydi.

"Roma" hozirda A Seriya jadvalida 6-o'rinda bormoqda. Klub 21 turda 9 mag'lubiyatga uchradi - bu klubning 43 yildagi eng yomon natijasidir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it