Roberto Karlos: "Real" va "Atletiko" o'rtasida katta farq bor"

Aslanov Jasurbek
3 may 2017, 16:10
"Real" sobiq himoyachisi Roberto Karlos "Qirollik klubi" hamda "Atletiko" o'rtasidagi Chempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvi (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Atletiko" o'yin zonalari o'rtasida masofa katta edi. Maydon markazida ular raqib uchun ko'p bo'sh zona qoldirishdi. Asensio va Vaskes maydonga tushganidan so'ng, "Real" yanada tezroq harakatlandi. Umuman olganda, "qaymoqranglilar" aqlli o'yin ko'rsatishdi va Zidanning o'zgartirishlar to'g'ri bo'ldi. "Real" idealga yaqin o'yin ko'rsatishdi. "Atletiko" maydonda o'ynamadi deya olmayman. Biroq "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi farq katta. "Real" juda kuchli" - deydi Roberto Karlos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS