Roberto Karlos kasalxonadan chiqdi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2026
Sobiq futbolchi Roberto Karlos yuragidan operaciya qilingan kasalxonadan chiqarildi.

52 yoshli braziliyalik uni operaciya qilgan shifokorlar bilan rasmga tushib: "Tibbiyot xodimlarining e'tibori va mehnatidan minnatdorman", deb yozuv qoldirdi.

Ma'lumot uchun, 31 dekabr oqshomida Karlosning oyog'ida tromb aniqlangan. MRT esa uning yuragida muammoni aniqlagan. Shu orqali Roberto Karlos tezkorlik bilan kasalxonaga yotqizilgan va salkam 4 soat davomida operaciya qilingan.

Karlos 1996-2007 yillar davomida "Real" sharafini himoya qilgan. Ispaniya jamoasi tarkibida u 4 marta Ispaniya chempionligi, 3 bora YCHL bosh sovrinini qo'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia