

Unga ko'ra, Rossiya futbol ittifoqi UEFAga a'zolik uchun tashkilotga yillik badal pulini to'ladi. To'lov dekabr oxirlarida amalga oshirilgan. RFI Yevropada qolish uchun 250 Shveytsariya franki (1=12,200 so'm atrofida) o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, UEFA va FIFA Rossiyadagi holat tufayli mamlakat terma jamoasi hamda klublarini o'tgan yil barcha musobaqalardan chetlatgandi. RFI Osiyoga o'tish ehtimolini o'rgandi, ammo bu variant amalga oshmadi.



