

Ma'lumotlarga ko'ra, Portugaliya klubi Enconi mavsum o'rtasida sotish niyatida emas. 21 yoshli yarim himoyachi ham klubning qaroriga qo'shiladi. Biroq unga "Chelsi" jiddiy qiziqish bildirmoqda va ular Enconi hoziroq xarid qilishni istashsa shartnomada belgilangan 120 mln. evroni to'lashlari kerak.
Fernandesga "Liverpul" va "Real" ham qiziqib qolgan, ammo klublar faqat yozdagina xaridni amalga oshirishlari mumkin. "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" ham argentinalik atrofidagi voqealarni kuzatmoqda.
Fernandes joriy mavsum Portugaliya chempionatida 13ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urdi.


