Reshfordga asosiy da'vogar jamoa nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 dek 2018, 20:55
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Corriere della Sera" xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchining xizmatlariga "Milan" jiddiy da'vogarlik qilmoqda.

"Rossoneri"lar "Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich bilan kelisha olmadi. Uning alternativi sifatida aynan Reshford ko'rilmoqda. 21 yoshli vinger 65 million evroga baholanmoqda.

Bu mavsumda Reshford "qizil iblislar" tarkibida 20 o'yinda 4 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere della Sera