Reyna: "Har doim "Liverpul"ga va jamoa ishqibozlariga rahmat aytaman"
28 mar 2015, 23:36
"Liverpul"ning sobiq darvozaboni Xose Reyna o'z vaqtida ushbu jamoadan ketgani uchun afsuslanmasligini bildirdi.
"Futbolda nimadandir afsus chekish kerak emas. Men faoliyatim davomida ushbu jamoa bilan erishgan yutuqlarimdan faxrlanaman. Bu jamoaga va muxlislarga har doim rahmat aytaman", - deydi Reyna.