"Real"ning sobiq ustozi Odil Ahmedovning bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
28 okt 2018, 15:51
"Nyukasl" bosh murabbiyi Rafael Benites yaqin vaqtlar ichida jamoasini tark etishi mumkin.

"Goal" nashri xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassisning xizmatlariga "Shanxay SIPG" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Xitoy jamoasi unga yiliga 10 mln evro maosh taklif qilmoqda.

Uning boshchiligidagi "Nyukasl" APLning o'tgan 10 turida g'alaba qozona olmadi. Shu boisdan Benites iste'foga chiqishi kutilmoqda.

"Shanxay SIPG" tarkibida Odil Ahmedov faoliyat olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal