"Real"ning hujumkor yarim himoyachilari jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi

Eldor Akmurzayev
10 sen 2019, 23:25
Real a'zolari Eden Azar hamda Xames Rodriges jarohatlaridan forig' bo'lib, jamoaviy mashg'ulotlarga qaytishdi.

Azar 16 avgust, Xames esa 24 avgust kuni qirollik klubining lazaretidan o'rin olgandi.  Endi ikkala hujumkor futbolchi ham La Liga 4-tur 14-sentyabrda bo'lib o'tadigan Levantega qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. 

Aytish joizki, agar Azar mazkur uchrashuvda qatnashadigan bo'lsa, u holda ushbu bahs belgiyalik vinger uchun qirollik klubidagi rasmiy debyut bo'ladi. U bunga qadar qaymoqranglilar tarkibida mavsumoldi nazorat bahslarida qatnashgandi.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid