"Real"dan ketishni istayotgan Iskoga takliflar yo'q

11 dek 2020, 20:03
Iskoning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

"Real" o'z futbolchisini 60-70 mln evro atrofidagi mablag' evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Avvalroq unga "Inter" va "Sevilya" da'vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jurnalist Xose Luis Sanchesning El Chiringuito TV telekanaliga bergan ma'lumotiga ko'ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi Madrid klubini tark etishni istaydi, ammo unda bitta ham taklif yo'q.

Ma'lumot uchun, Isko "Real" tarkibiga 2013 yilda "Malaga"dan kelib qo'shilgan edi. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda nihoyasiga etadi.

Zidan: "Atletiko" - favorit 

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito TV