"Real"da koronavirus o'chog'i! Modrich va Marselo musbat test topshirishdi

Alisher
15 dek 2021, 16:56
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich, shuningdek jamoa himoyachisi Marselo koronavirusga musbat test topshirishdi.

Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. Ikki o'yinchi ham izolyaciyalangan, boshqa tafsilotlar haqida xabar berilmayapti.

"Real" keyingi o'yinini o'z maydonida "Kadis"ga qarshi 19 dekabrda o'tkazadi.

36 yoshli Modrich joriy mavsum 18ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi. 33 yoshli Marselo esa atigi 5ta bahs o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com