"Real" "Zalcburg"ning 19 yoshli futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
3 okt 2023, 14:20
"Zalcburg" yarim himoyachisi Oskar Glux faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, 19 yoshli isroillik uchun Madridning "Real" klubi da'vogarlik qilmoqda. Avvalroq futbolchi "Barselona"ga o'tishi mumkin edi, ammo futbolchining vakillari Kataloniya klubining moliyaviy ahvolidan hafsalasi pir bo'lgan. Gluxga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" ham qiziqmoqda.

Glux joriy mavsum 12 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes