"Real" Ramosga 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor

Alisher
6 noya 2020, 13:37
Madridning "Real" klubi rahbariyati 34 yoshli himoyachi Serxio Ramos bilan yangi shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

"Qirollik klubi" jamoa sardoriga 2 yillik shartnoma taklif qilgan holda, uning talablarini qondirmoqchi. Oldinroq Ramos shartnomani bir yilga uzaytirishni rad etgan edi.

Agar tomonlar shartnoma imzolashmasa, Serxio Italiya chempionatiga yo'l olishi mumkin, uning xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.

Himoyachi joriy mavsum La Liga doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo