"Real Madrid"da Superkubokdan avval yo'qotish bor. Jamoaning asosiy futbolchisi "Atalanta"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi

Khoja
14 avg 2024, 08:57
Eduardu Kamavinga mashg'ulot vaqtida jarohat oldi va noma'lum muddatga safdan chiqdi.

Shu tariqa, fransiyalik himoyachi bugun bo'lib o'tadigan Superkubok finalida "Real Madrid"ga yordam bera olmaydi.

Fransiyalik futbolchi tez kunda to'liq tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng uning jarohati qay darajada ekanligi ma'lum bo'ladi. 

Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" - "Atalanta" o'rtasidagi Superkubok uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com