"Real" Kurtua va Valverdeni yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
25 okt 2021, 19:58
"Real" klubining ikki o'yinchisi Ispaniya chempionati 10-turi doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yinda (2:1) jarohatlandi.

"El Klasiko" tufayli madridliklar davrozaboni Tibo Kurtua va yarim himoyachi Federiko Valverde safdan chiqdi.

Har ikki futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Natijalarga qaraganda, Kurtua jarohatdan qutulib qolgan va seshanba kuni mashg'ulotlarda qatnashishi mumkin. Urugvaylik xavbek esa 7-10 kunda tiklanishi aytilmoqda.

Kurtua ushbu mavsumda 12 o'yinda 13 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. Valverde 12 o'yinda 1 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana