Alvaro Arbeloa: "Tarixdagi eng yaxshi darvozabon jarohat oldi. Lekin bizda yana bir fantastik kiper bor"

Mirjalol Normatov
21 mar 2026, 17:27
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa darvozabon Tibo Kurtuaning jarohati haqida gapirdi.

Oldinroq belgiyalik posbonning jarohat sababli bir yarim oyga safdan chiqqani aytilgandi.

Tibo YCHLda "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlab, tanaffusda almashtirilgandi.

"Futbolchi maydonga chiqar ekan, xavf ostida qoladi. Odamlar esa buni tushunishmaydi. Kamdan kam futbolchigina maydonga og'riqsiz tushadi.

Tibo ikkinchi bo'limda ham o'ynashni istagandi, biroq uni xavf ostiga qo'yishni istamadim. Andrey Lunin o'sha kuni yaxshi darvozabon ekanligini yana bir bor namoyish qildi.

Tarixdagi eng yaxshi darvozabon jarohat oldi. Lekin bizda yana bir fantastik kiper bor", - dedi Arbeloa.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal