

Ma'lumotlarga ko'ra, shu hafta boshida "Qirollik klubi" argentinalik futbolchining xotini va agenti Vanda Nara bilan uchrashgan. Muzokaralar davomida "qaymoqranglilar" "Napoli" taklif qilganidan yaxshiroq bitim bera olishini ma'lum qilishdi. Neapolliklar Ikardiga yillik maoshi 9 mln. evro va qo'shimcha 2 mln. bonusi bo'lgan shartnoma taklif qilayotgani e'lon qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, "Real" Nara bilan bog'langanda Zinedin Zidan jamoaga qaytgani e'lon qilingandi.



