Real – Forbes talqiniga ko'ra dunyoning eng qimmat futbol klubi, Barsa – 2, MYU – 3

Narzulla Saydullayev
10 sen 2022, 15:37
Madridning Real klubi dunyoning eng qimmat futbol klubi deb tan olindi.

Forbes jurnali jahonning eng qimmat sport klublari reytingini tuzib chiqdi. Futbol klublari orasida 5,1 mlrd dollarga baholangan Real birinchi bo'ldi. Sport klublarining umumiy reytingda esa Real 13-o'rinni egalladi.

Futbol klublari orasida ikkinchi o'rinni Barselona (5 mlrd, 15-umumiy reytingda). 3-o'rin Manchester Yunaytedga (4,6 mlrd dollar, 19-umumiy reytingda) nasib etdi.

Reytingga Liverpul (4,45 mlrd dollar), Bavariya (4,28 mlrd), Manchester Siti (4,25 mlrd), PSJ (3,2 mlrd) va Chelsi (3,1 mlrd) kabi futbol klublari ham kirishdi.

Forbes talqiniga ko'ra jahonning eng qimmat sport klubi sifatida amerikancha futbol ligasi ishtirokchisi Dallas klubi tan olindi – 8 mlrd dollar. To'liq reyting bilan MANA BU yerda tanishish mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: forbes.com