"Real" Edegorni sotib yubormoqchi, "Arsenal" esa ijaraga olmoqchi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2021, 12:42
Yarim himoyachi Martin Edegor yozda "Real"ni tark etishi mumkin.

"Daily Mirror" xabariga ko'ra, "qirollik klubi"ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti norvegiyalikni o'z rejalariga kiritmayapti. Shu boisdan klub ushbu transferlar oynasi vaqtida uni sotib yuborishi mumkin.

Ammo "Arsenal" futbolchini sotib olishga emas, yana bir yilga ijaraga olishga tayyor turibdi. Klub uning transferi uchun mablag' ajratilmayotganligini ma'lum qilgan.

O'tgan mavsumda futbolchi APLning 14 o'yinida 1 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mirror