Real Beylga 7 yillik shartnoma taklif qilmoqchi

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2016, 10:23
Real yarim himoyachi Garet Beyl bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Daily Mail nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi 26 yoshli Uels terma jamoasi a'zosiga yangi 7 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

Beylning Evro-2016dagi ajoyib o'yinlari tufayli unga Manchester Yunayted va Manchester Siti qiziqib qolgani Realni cho'chitmoqda.

Futbolchining Qirollik klubi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk