"Real" Benzemasiz o'tgan o'yinlarning yarmidan ko'pida g'alaba qozona olmagan

Оқил Абдубарноев
21 mar 2022, 20:09
Karim Benzemaning yo'qligi "Real Madrid"ning so'nggi yillardagi La Ligadagi natijalariga jiddiy ta’sir qilmoqda.

2018/19 yilgi mavsumdan buyon madridliklar chempionatda francuz forvardisiz 11 o'yin o'tkazgan va bor-yo'g'i beshtasida g'alaba qozongan (45,4%), qolgan olti bahsda uch durang va uch mag'lubiyat qayd etilgan.

"Real Madrid" Benzema bilan 132 o'yinda 87 g'alaba (65,9%), 26 durang va 19 mag'lubiyatga ega chiqqan.

Bir kun avval Karlo Anchelotti shogirdlari Primeraning 29-turida "Barselona"ga mag'lub bo'ldi (0:4). Benzema jarohati tufayli o'yinni o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Opta Sports