"Real" Azarning taqdimotini Ronaldunikidan yaxshiroq o'tkazishni rejalashtirmoqda

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2019, 22:10
Xabaringiz bor, belgiyalik vinger Eden Azar 146 mln. evro evaziga Chelsidan Realga o'tgani rasman tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan Santyago Bernabeuda futbolchini muxlislar hamda OAV tanishtirish uchun katta tayyorgarlik ko'rilmoqda. Qayd etilishicha, klub rahbariyati tadbirni Krishtianu Ronalduning 10 yil oldingi taqdimotidan yaxshiroq o'tkazmoqchi. 

Eslatib o'tamiz, Azarning tanishtiruvi kelayotgan payshanba kuni, Toshkent vaqti bilan 22:00da bo'lib o'tadi. Marosimga 70 mingdan ziyod tomoshabin kelishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca