"Real" avgust so'ngida Mbappe uchun 170 million evrogacha taklif qilishi mumkin

Alisher
21 avg 2021, 18:07
"Real" yozgi transfer oynasida PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferi bo'yicha shartnoma tayyorlamoqda.

Madridliklar rejasi shundan iboratki, ular parijliklarga 30 avgustda murojaat qilishmoqchi. 

Shunda PSJ "qaymoqranglilar"ni Mbappening o'yin sifati buzilishida ayblay olishmaydi, chunki Parij klubida o'sha paytda terma jamoa o'yinlaridan oldingi o'zining so'nggi o'yinini o'tkazadi.

"Real" 22 yoshli francuz uchun 130-170 mln evro taklif qilishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As