

17 yoshli futbolchining agenti shu hafta Madridga boradi va klub bilan kelishuvga erishadi. Ayni paytda "Real" transferlarni amalga oshira olmaydi. U yozda klub safiga borib qo'shilishi mumkin.
Agar transfer amalga oshadigan bo'lsa bu shved klubi tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Avvalgi rekord esa 2001 yilda "Malme"dan "Ayaks"ga 7,8 million evroga ko'chib o'tgan Zlatan Ibragimovichga tegishli edi.
Isak ushbu mavsumda Shvetsiya chempionatida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Ayni paytda futbolchiga "yangi Zlatan" deya tarif berishmoqda. U haqiqatdan ham shunday bo'ladimi? Yoki ikkinchi Edegorga aylanadimi? Buni vaqt ko'rsatadi!




