"Real" 16 yoshli futbolchi borasida muzokaralarni boshladi

Aziz Tukhtamuradov
4 noya 2022, 08:56
"Real" "Palmeyras"ning 16 yoshli forvardi Endrikni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Marca ma'lumotiga ko'ra, madridliklar braziliyalik futbolchini qo'lga kiritishga jiddiy bel bog'laganlar. San-Pauluga "Real" vakili yetib borgan va futbolchi borasida muzokaralar o'tkazmoqchi. 

"Real" 18 yoshgacha futbolchini xarid qila olmasligiga qaramay, raqobat sabab tezda u bilan kelishuvga erishmoqchi. Endrikka PSJ tomonidan ham qiziqish bor. 

Futbolchining narxi 60 million evroni tashkil etadi. "Real" esa 40 million to'lashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca