Rayola: "To'g'risini aytaman - Pogba "Barselona"ga o'tmaydi"

Aslanov Jasurbek
3 noya 2015
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba "Barselona"ga o'tmaydi.

Bu haqda futbolchining agenti Mino Rayola ma'lum qildi.

"To'g'risini aytishim kerak: Yo'q, Pogba "Barselona"ga o'tmaydi. Biz bu klub bilan muzokara o'tkazdik, ammo ular Pogbani xarid qila olishmaydi. 85 mln. evro va bonus to'lay oladigan 3 klub qoldi. "Yuventus" futbolchini kamida bir yil olib qolishga qaror qildi. Pogba yaxshi taklif bo'lsa klubni tark etish sharti bilan "Yuventus"dagi kelishuvini uzaytirdi" - deydi Rayola.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: EFE