Ravshan Eliboev: “Birinchi bo'limda Kuvayt bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi”

Iskandarov Abdulaziz
5 okt 2022, 06:36
Futzal bo'yicha Osiyo kubogi chorak final uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasi mezbonlarni mag'lubiyatga uchratdi. Kuvayt terma jamoasi ustidan qozonilgan ajoyib g'alabadan so'ng futzalchimiz Ravshan Eliboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Birinchi bo'limda Kuvayt bizga etarlicha bosim o'tkazdi. Tanaffusdan keyin tezkor golimiz bizning ustunligimizni taminladi deb o'ylayman. Shu o'rinda bizni qo'llab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz. 

Raqib jamoa murabbiyi jahondagi eng yaxshi mutaxassislardan biri deb o'ylayman. U o'z o'yin falsafasiga ega. Kuvayt boshqa terma jamoalarga qaraganda, o'yini bilan ajralib turdi. Lekin biz Kuvaytning taktikasiga tayyor edik va buni uddasidan chiqdik. 

To'g'risi, Yaponiya haqida o'ylaganimiz yo'q edi. Asosiy maqsadimiz, Kuvayt ustidan g'alaba qozonish va keyingi bosqichga yo'llanma olig edi. Umid qilamanki, biz Yaponiya ustidan ham g'alaba qozonib, xalqimizni xursand qilmoqchimiz”, - deya so'zlarini yakunladi Eliboev

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia