Rasmiy xabar: Pol Klement - "Suonsi" bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2017
Angliyalik Pol Klement "Suonsi" klubi bosh murabbiyiga aylandi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, Klement ikki yarim yillik shartnomaga imzo chekkan.

Pol Klement bungacha "Bavariya" klubida Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida ishlab kelayotgandi.
"Suonsi" bu mavsumda shu bilan uchinchi murabbiyga ega bo'ldi. Jamoani mavsumga italiyalik Franchesko Gvidolin tayyorlagan edi. 3 oktyabr kuni uning o'rniga amerikalik Bob Bredli bosh murabbiy etib tayinlangan edi. 27 dekabrda Bredli ham iste'foga chiqarildi.

"Suonsi" 20ta turdan so'ng 12 ochko bilan APL musobaqa jadvalining 20-pog'onasida bormoqda.

Anchelottining yordamchisi "Suonsi"ni boshqarishga rozi bo'ldi

Suonsi ustozi 85 kun ishlab iste'foga chiqarildi

"Suonsi" bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/SwansOfficial