Rasman: "Neftchi" Jasur Jaloliddinov jamoani tark etganini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
23 okt 2024, 14:55
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov "Neftchi" klubini tark etdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Yarim himoyachi farg'onaliklar safiga qishda borib qo'shilgan edi.

"Jasur Jaloliddinovga ahil jamoamiz nomidan kelajakdagi faoliyatida omad yor bo'lishini, jamoamiz ravnaqi yo'lida qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz", - deb yozilgan klub bayonotida.

"Championat.asia" ma'lumotiga ko'ra, Jaloliddinov faoliyatini tez orada Ozarbayjonning "Sumgayit" klubida davom ettirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати