Rasman: "Navbahor"ga yana bir braziliyalik futbolchi keldi

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2025, 19:33
Braziliyalik himoyachi Fernandes Alvesh Igor Gabriel "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi.

Igor Gabriel 1999 yil 28 aprelda Braziliyaning Jaguariuna shahrida tug'ilgan.

Faoliyati davomida Braziliyaning "Fluminense" (Rio-de-Janeyro), Ozarbayjonning "Sabah" (Masazir), Belarusning "Dinamo" (Minsk), Ukrainaning "Lvov" (Lvov) jamoalarida to'p tepgan.

O'tgan mavsumda esa Maltaning "Xibernians" (Paola) jamoasida o'ynagan.

Ma'lumot o'rnida, "lochinlar" bungacha Shahzod Ubaydullaev, Shohmalik Komilov, Sherzod G'ulomjonov, Mirzohid G'ofurov, Abbosjon G'ulomov, Benjamin Teydi, Sergey Karpovich, Gilerme Gedesh, Alisher Odilov, Shukron Yo'ldoshev, Rian Islamov, Umidjon Ergashev, Zabihillo O'rinboev bilan shartnoma imzolagan. 

"Navbahor" tez orada yana bir transferni e'lon qiladi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати