Rasman: MYU himoyachisi klub bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirdi

18 sen 2019, 20:25
Mankunianliklar shvetsiyalik himoyachi Viktor Lindelyof bilan shartnomani uzaytirishga muvaffaq bo'lishdi.

MYU rasmiy saytining ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli futbolchi shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirgan. Bitimning ichiga kelishuvni yana bir mavsumga cho'zish mumkinligi haqida banl ham bor. Qayd etish kerak, Lindelyof 2017 yilning yozida "Benfika"dan "qizil iblislar" safiga ko'chib o'tgandi. Hozirga qadar u MYUning APLdagi 52 ta o'yinida qatnashdi va 1 ta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: manutd.com