Rasman: Muxsinjon Nizomiddinov - "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi

Omonjon To`xtamirzayev
28 apr 2023
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bir necha kun avval "Qo'qon-1912" jamoasi rahbariyati Davron Fayzievning iste'foni qabul qilgandi.

Bugun esa klub jamoaga yangi bosh murabbiy sifatida Muxsinjon Nizomiddinov tayinlangani e'lon qildi.  


Muxsinjon Nizomiddinov Qo'qon futbolining yaqin o'tmishdagi yulduzi hisoblanadi. Faoliyati davomida yurtimizning ko'zga ko'ringan "Nasaf", "Neftchi" kabi jamoalari safida yorqin o'yinlari bilan muxlislarning mehrini qozongan. Murabbiylik faoliyatida esa "Qo'qon-1912" U-21 jamoasi bilan chempionat bahslarida bronza medallarni qo'lga kiritgan. U ko'plab iqtidorli va kuchli futbolchilarning murabbiyi hisoblanadi. Uning shogirdlari har xil yosh toifasidagi terma jamoalarda harakat qilib, Osiyo chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritishgan. Xususan, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov, Iqboljon Malikjonov, Islomjon Abdullaev, Avaz Mamatxo'jaev va boshaqa mahoratli futbolchilarni aynan jamoamizning yangi bosh murabbiyi katta futbolga olib kirgan. 

Muxsinjon Nizomiddinovning murabbiylar shtabidan Bahrom Haydarov, Andrey Baklanov, Rahmatjon Inog'omov, Muhiddin Abduvaliev joy olishdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати