Rasman: "Mashal" "Qo'qon-1912" va OKMK sobiq futbolchisini safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2025, 12:32
Yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rayotgan Muborakning "Mashal" jamoasi o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Jamoa markaziy hujumchi Shohnazar Norbekov bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

30 yoshli tajribali futbolchi ilgari ham bir qator klublarda samarali o'yin namoyish etgan. U faoliyati mobaynida "Qo'qon-1912", OKMK, "Metallurg", "Turon", shuningdek, "Sumut Yunayted" (Indoneziya), "Qaysar" (Qozog'iston) jamoalarida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати