Rasman: "Braga" "Lokomotiv"ga bosh murabbiy bo'lishi kerak bo'lgan mutaxassis bilan xayrlashdi

Mirjalol Normatov
6 yanv 2021, 23:17
"Braga" klubi matbuot xizmati Mikael Sekeyra bilan hamkorlik to'xtatilganini ma'lum qildi.

47 yoshli mutaxassis faoliyatini Toshkentning "Lokomotiv"ida davom ettirishi rasman e'lon qilindi.

"Klubdagi 10 yillik faoliyati uchun Sekeyraga minnatdorlik bildiramiz. U jamoaning natijalari va tayyorgarligida doimo eng yuqori o'rinlarda bo'lgan. Uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deb yoziladi klub rasmiy bayonotida.

Oldinroq ushbu mutaxassis "Lokomotiv"da ish boshlashi mumkinligini ma'lum qilgandik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia