Rasman: "Borussiya" Sanchoning transferi borasida MYU bilan 85 mln evrolik kelishuvni tasdiqladi

Alisher
1 iyul 2021, 15:02
"Borussiya" vinger Jeydon Sanchoning traansferi bo'yicha "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishdi.

Bitimning moliyaviy tomoni haqida aytilishicha, transfer narxi 85 million evroni tashkil etadi.

Bundan tashqari, qo'shimcha bonuslar haqida ma'lumot berilmagan, vaholanki oldinroq, dortmundliklarning qo'shimcha tarzda 10 million evro olishlari aytilgan edi.

Sancho bitimni yakunlash uchun MYUda tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tishi qoldi.

U "Yunayted" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Oldinroq ma'lumot berilganidek, u Angliya klubida bonuslar bilan haftasiga 250 ming funtdan ortiq ishlab topadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bvb.de