

"Ertalabki mashg'ulotdan oldin Neymar klubni tark etmoqchi ekanligini aytdi. Shu sabab unga mashg'ulotni o'tkazib yuborishga va kelajagi bilan bog'liq masalani hal etishga ruxsat berildi", - deyiladi Kataloniya klubi rasmiy saytida.
Oldinroq, PSJ Neymarning shartnomasida ko'rsatilgan 222 million evroni to'lamoqchiligi ma'lum bo'lgan edi.



