Rasman: "Barselona" Bartomeuga ishonchsizlik votumi bo'yicha 20 mingdan ortiq imzolar qabul qildi

Alisher
18 sen 2020, 10:25
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu va klub direktorlar kengashiga ishonch bildirilmayapti.

Kataloniya klubi tasdiqladiki, bu tashabbus tashkilotchisi Jordi Farre "Barselona"ga uning ovozini qo'llab-quvvatlaganlarning imzolarini berdi.

"Barselona" 20687 imzoni qabul qildi. Endi imzolar klub nizomi mezonlariga javob berilishiga ishonch hosil qilish kerak.

Buning uchun maxsus komissiya tuziladi, uning tarkibiga "Barseloan" direktorlar kengashining ikki a'zosi, ishonch bildirmaslik votumi uchun ovoz bergan dastlabki ikki inson va Kataloniya futbol federatsiyasi vakili.

Kengash to'liq muvofiq bo'lmagan har qanday saylov byulletenlarini va ularning haqiqiyligini tekshirish uchun zarur bo'lgan har qanday so'rovlar qilishi mumkin.

Agar barcha talablar bajarilsa, ishonchsizlik votumi haqiqiy deb hisoblanadi va kengash bunga ovoz berishiga to'g'ri keladi. Agar talablar bajarilmasa, ishonchsizlik borasidagi taklif rad etiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com