Rasman: “Barselona” 2 futbolchi bilan xayrlashdi

Eldor Akmurzayev
2 iyul 2022, 08:55
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ijara shartnomalari tugagani tufayli hujumchi Lyuk de Yong va vinger Adama Traore “Barselona”ni tark etdi.

Transfer huquqi “Sevilya”ga tegishli bo'lgan De Yong vataniga qaytadi. U PSV bazasida tibbiy ko'rikdan o'tgan

Lyuk kataloniyaliklar libosida 29 bahsda qantashib, 7 ta gol urdi.

“Ko'kanorranglilar” tarbiyalanuvchisi bo'lgan Traore esa “Vulverxempton”ga qaytdi. Ispaniyalik futbolchiga “Lids” qiziqish bildirmoqda. U “Barsa”ning asosiy jamoasida 20 bahsda qatnashib, 1+4 natijaga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com