Rasman: "Arsenal" futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi

14 iyul 2026, 18:36
31 yoshli vinger Leandro Trossard Londonning "Arsenal" klubidan "Beshiktosh"ga o'tdi.

Bu haqda Turkiya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolchi bilan shartnoma uch yilga tuzilgan bo'lib, unda uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv summasi 18 million evroni tashkil etgan, shuningdek, London jamoasi yana 2 million evroni bonuslar shaklida qo'lga kiritadi.

Shuningdek, belgiyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun allaqachon Istanbulga yetib kelgani xabar qilingan.

Trossard "Arsenal"ga 2023 yilning qishida "Brayton"dan 24 million evro evaziga o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar