Rasman: Aguero "Manchester Siti" bilan yangi bitim imzoladi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2018, 13:16
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero "shaharliklar" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Bu haqida Manchester klubi rasmiy "tvitteri" xabar berdi.

Avvalgi bitimi 2020 yilda yakunlanishi kerak bo'lgan forvardning yangi kelishuvi 2021 yilgacha mo'ljalangan.

Serxio Aguero 2008 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qiladi. Hujumchi hozirgacha "shaharliklar" safida 299ta uchrashuv o'tkazib, 204ta gol urdi va klub bilan 3 marta APL g'olibiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia