FIFA prezidenti Janni Infantino 90-maktabdagi yangi futbol maydonining ochilishida ishtirok etdi

Aslanov Jasurbek
30 sen 2026, 13:08
FIFA prezidenti Janni Infantino FIFA Arena loyihasi doirasida poytaxtimizdagi 90-maktabda barpo etilgan yangi futbol maydonining tantanali ochilish marosimida qatnashdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi sport vaziri, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati hamda futbol faxriylari ishtirok etdi. Ular bolalarga ushbu maydondan unumli foydalanish, muntazam shug'ullanish va kelajakda katta yutuqlarga erishish tilaklarini bildirdi.

Yangi maydonning foydalanishga topshirilishi o'quvchilarni sportga jalb etish va ular uchun qulay mashg'ulot sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida FIFA prezidenti Janni Infantino bolalarga esdalik sovg'alarini ulashdi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan birgalikda estalik uchun fotosuratga tushishdi.

photo_2026-09-30_12-22-27.jpgphoto_2026-09-30_12-22-32.jpgphoto_2026-09-30_12-23-51.jpgphoto_2026-09-30_12-22-26.jpgphoto_2026-09-30_12-22-22.jpgphoto_2026-09-30_12-22-24.jpgphoto_2026-09-30_12-23-47.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA