

"Real"da omadsiz seriya ketmoqda. Jamoa g'alaba uchun bor kuchi bilan harakat qildi. Ammo, yakunda baribir uch ochkoga erisha olmadi. Xatolar bizga qimmatga tushdi. Lekin, bunga aynan kimnidir aybdor qilib ko'rsatib o'tirmaymiz. Vaziyatdan chiqib ketishning eng yaxshi yo'li - birlashishdir.
Lopetegi - g'alaba qozonishni biladigan inson. Biz ishonishimiz kerak. Hamjihatlikda harakat qilishimiz lozim. Agar mendan murabbiy haqidagi fikrimni so'rashsa bu bilan o'rtoqlashishim mumkin. Bu narsa murabbiyning kelajagiga ta’sir qiladi deb o'ylamayman", - dedi Ramos.



