Rafael Varan: "Real"dagi standartlar boshqa klublarga qaraganda ancha yuqori"

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2020, 02:20
Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan jamoa a'zolariga tushayotgan yuqori bosim haqida fikr bildirdi.

"Bu yerda har xil bosim mavjud. Har kuni gazeta muqovasida, TV va radio dasturlarda muhokama qilinishingiz mumkin. Madridda ro'y berayotgan voqealar butun dunyoda aks-sado beradi. Bu dunyoga mashhur klub.

Jamoa ichidagi bosim ham juda yuqori. Muxlislar o'ta talabchan: g'alaba – yaxshi, ammo bu kifoya qilmaydi, doim yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Durang – fojea. Bu yerdagi standartlar boshqa klublarga qaraganda ancha yuqori.

Buni his qilib yashasha kerak. Ammo men ko'p bora buni uddalay olmagan futbolchilarni ham ko'rdim", – deydi Varan "Onze Mondial" nashriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onze Mondial